English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainadagi tinchlik masalasi – G20 sammitining asosiy mavzularidan biri
15:09 / 2023-03-02

Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi G20 sammitida Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “Bloomberg” agentligi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni yaratish uchun keng qamrovli mintaqaviy xavfsizlik tizimini rivojlantirish muhim. Ayni payt Hindiston poytaxtida G20 davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Hindiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari Vinay Kvatraning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina atrofidagi vaziyat Nyu-Dehlidagi G20 vazirlar yig‘ilishi mavzularidan biri bo‘ladi.

Sammitda vazirlar Rossiya – Ukraina muammosining butun dunyoga ta’sirini muhokama qiladilar.

O‘zA