Ukrainadagi elchixonamiz Kiyevga qaytdi
Bugun, 22 apreldan boshlab O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyev shahridagi ish faoliyatini to‘liq tikladi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ma’lum qildi.
Savollar yuzasidan elchixonaga Kiyev shahri, Volodimirska ko‘chasi, 16, 01901 manzili bo‘yicha murojaat qilish mumkinligi aytilgan.
Elektron pochta: embassy@uzbekistan.org.ua, Telefon raqamlari: +380 44 501 50 00, +380 44 501 41 81 (umumiy savollar), +380 44 501 41 82 va +380 44 501 41 83 (konsullik bo‘limi).
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 14 mart kuni poytaxt Ukrainada siyosiy vaziyat keskinlashgani bois elchixonamiz vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirilgan edi.
O‘zA