Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainada yangi uchuvchisiz o‘zi uchar qurilma taqdim etildi
10:03 / 2023-04-28

Ukrainada yangi "MiniShark" droni taqdim etildi, deb xabar tarqatdi “Ukraina militar portali”.

“Ukrainaning "Ukrspecsystems" kompaniyasi o‘zining yangi "MiniShark " dronini taqdim etdi”, - deyiladi nashr e’lon qilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, apparat  quruqlikdagi maxsus bo‘linmalarni va qo‘shinlar qismlari turgan joylarni aniqlaydi va kuzatadi.

Dronning parvoz doirasi 35 kilometr.

Ixtirochilarning ma’lum qilishicha, dronning boshqa turdoshlaridan ustun tomoni, uni qo‘lda uchirsa bo‘ladi hamda olib yurish ham oson, chunki u ikkita  ryukzakka joy bo‘ladi.  

“Dron qanotlari 2,5 metr va uzunligi 125 santimetr. Parvoz yuki 5 kilogramgacha va ikki soat davomida osmonda muallaq turadi”, - deb yozmoqda nashr.  

Xabarda aytilishicha, apparatning eng yuqori parvoz tezligi soatiga 120 kilometrni tashkil etadi, u 1000 metr balandlikka chiqa oladi.

Mart oyida Ukraina Vazirlar Mahkamasi mamlakatda dronlarni ishlab chiqarishni tezlashtirish haqida qaror qabul qilgan edi.

Ukrainani raqamli transformatsiyalash vaziri Mixail Fedorovning ma’lum qilishicha,  yangi mahsulotni ishlab chiqishda Ukrainaning barcha dron ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirok etgan.