Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainada oziq-ovqat narxi oshmoqda
07:45 / 2022-02-08

Mamlakatda so‘nggi 5 yil ichida non narxi rekord darajaga ko‘tarildi, — deb yozadi Ukrainaning “Strana” nashri.

Bug‘doy noni 2021 yil yozidan boshlab qimmatlasha boshladi, sentyabrga kelib esa narx, deyarli, 50 tiyinga oshdi. O‘sha vaqtdan buyon non narxi ko‘tarilishda davom etyapti. Fevralga kelib narx o‘sishida besh yillik rekord ko‘rsatkich, ya’ni 25,9 grivna (0,92 dollar) qayd etildi.

Javdar non narxi ham oshyapti. Mazkur mahsulotni yanvarda supermarketdan 30,6 grivna (1,09 dollar)ga sotib olish mumkin edi, fevralda esa bunday non narxi 31,5 grivna (1,12 dollar)ga yetdi.

Ukrainada nafaqat non, balki boshqa mahsulotlar narxi ham ko‘tarilyapti. Masalan, bor-yo‘g‘i bir yil ichida borsh to‘plami ikki baravar qimmatladi. Shuningdek, kungaboqar yog‘i qiymati yil davomida 85,5 foiz oshgan. Ekspertlar fikricha, narx-navo hali o‘sishda davom etadi.