Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik muddati uzaytirildi
11:13 / 2023-05-03

Ukraina Oliy radasi harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini yana 90 kunga uzaytirish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi, deb ma’lum qildi parlament deputati Yaroslav Jeleznyak.

Bir kun avval ushbu hujjat Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan parlamentga taqdim etilgan edi.

“Parlament  harbiy holat va umumiy safarbarlik muddatini uzaytirdi. Ukrainada harbiy holat 2023 yil 20 may soat 5:30 dan 90 kunlik muddatga, ya’ni 2023 yil 18 avgustgacha  uzaytirildi”, - deb yozdi u o‘zining telegram-kanalida.  

Ukrainada 2022 yil 24 fevraldan harbiy holat tartibi joriy qilingan. Keyingi kuni Prezident Vladimir Zelenskiy mamlakatda umumiy safarbarlik to‘g‘risida farmonni imzoladi, harbiy majburiyati bor erkaklar Ukrainani tark etishi taqiqlangan.