Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana uzaytirilishi mumkin
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat parlamenti – Oliy Radaga harbiy holat va umumiy safarbarlikni yana 90 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, harbiy holat va safarbarlikni joriy yil 3 fevraldan 3 maygacha uzaytirish taklif qilingan.
Agar parlament qonun loyihasini tasdiqlasa, o‘lkada amaldagi xavfsizlik choralari va safarbarlik jarayonlari davom ettiriladi.
G.Sattorova, O‘zA