Ukraina “Yevrovideniye-2023”ni o‘tkazishga tayyorlanyapti
Ukraina 2023 yilda o‘tadigan “Yevrovideniye” qo‘shiqlar tanlovining final bosqichini o‘tkazishga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Bu haqda mamlakat Prezidenti ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz va Yevropa teleradioeshittirish ittifoqi uchun asosiy masala – xavfsizlik. Ukraina Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari “Yevrovideniye-2023” tadbiriga jiddiy kirishgan”, deyiladi axborotda.
Faqat tadbirni o‘tkazish uchun joy tanlash qiyin kechmoqda.
Vladimir Zelenskiy avvalroq “Yevrovideniye”ning navbatdagi final bosqichini Mariupolda o‘tkazishga erishamiz, deya bayonot bergandi.