Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina XVJdan 20 milliard dollar kredit olishni rejalashtirmoqda
11:37 / 2022-07-27

Ukraina 2022 yilning oxirigacha Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 15-20 milliard dollar miqdorida kredit olish uchun kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda, deb bayonot berdi Ukraina Milliy banki rahbari Kirill Shevchenko.

"Kiyev XVJga so‘rov taqdim etgan, endi yangi moliyalashtiruv bo‘yicha maslahat olib bormoqda. Keyingi ikki yoki uch yil davomida 20 milliard dollar olishga umid qilamiz", - deyiladi Shevchenkoning Reyter agentligiga bergan intervyusida.  

Bank rahbari mazkur dastur 2022 yildan harakatga tushadi, deb umid bildirgan.   

Mart oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Ijro kengashi Ukrainaga 1,4 milliard dollar miqdorida  tezkor moliyaviy yordam ajratish qarorini tasdiqlagan  edi.