Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina xorij fuqarolari uchun mamlakat chegaralarini yopadi
08:32 / 2020-08-28

Ukraina koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatning yomonlashuvi tufayli 28-avgustdan 28-sentyabrgacha xorij fuqarolari uchun mamlakat chegaralarini yopadi.


Ukraina koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatning yomonlashuvi tufayli 28-avgustdan 28-sentyabrgacha xorij fuqarolari uchun mamlakat chegaralarini yopadi. Bosh vazir Denis Shmigal Vazirlar Mahkamasining yigʻilishida shunday qarorga kelinganini maʼlum qildi, deyiladi rosbalt.ru” xabarida.

Taʼkidlanishicha, sugʻurta polisiga ega boʻlgan ayrim toifadagi xorijliklar bunda istisno tutiladi. Chegaralar, chet davlatlarning rasmiy delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar xodimlari uchun ham ochiq boʻladi.

Avalroq Ukraina hukumati murakkab epidemiologik vaziyat tufayli karantin tartibini oktyabrgacha uzaytirishga qaror qilgandi.