English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina va AQSH delegatsiyalari uchrashuv o‘tkazdi
22:53 / 2026-01-19

Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina va AQSH delegatsiyalari uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgan. Muloqotda Amerika tomonidan Stiv Uitkoff, Jared Kushner, armiya kotibi Deniyel Driskoll va Oq uy rasmiysi Josh Gruyenbaum, Ukraina tomonidan esa Umerovdan tashqari Kirill Budanov va David Araxamiya vakillik qilgani aytilmoqda.

Tomonlar iqtisodiy taraqqiyot va farovonlik rejasi, shuningdek Ukraina uchun xavfsizlik kafolati masalasini batafsil muhokama qilishgan. Belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq amaliy mexanizmlarga urg‘u berilgan. Kiyev delegatsiyasi amerikalik hamkorlarni Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasiga yaqinda uyushtirgan hujumdan ham boxabar etgan.

Yakunda kelasi hafta Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi doirasida kechadigan maslahatlashuvning keyingi bosqichida jamoaviy darajada ishlashni davom ettirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

S.Rahimov, O‘zA