English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina urush davrida ko‘rgan moliyaviy zarar qancha ekani ma’lum qilindi
10:04 / 2022-04-22

Rossiyaning maxsus amaliyoti natijasida Ukraina ko‘rgan zarar 550 milliard dollarga yetdi, dedi Vladimir Zelenskiy.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina 550 milliard dollar yo‘qotdi", – dedi Zelenskiy XVJ va Jahon bankining bahorgi sessiyasi tadbirlari doirasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.

Uning ta’kidlashicha, Ukraina iqtisodiyotini qayta tiklash uchun har oyda 7 milliard dollargacha mablag‘ kerak bo‘ladi.

"Sizlarning yordamlaringiz bilan biz millatimizni tez fursatda oyoqqa turg‘izamiz. Bu, turli mamlakatlarning biznesi uchun ham yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi, deganidir", – dedi u.

Zelenskiy davra suhbatida videoaloqa formatida ishtirok etgani aytilmoqda.

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigalning bayonot berishicha, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti  joriy yilda 30-50 foizga tushib ketishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, "dastlabki tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, urushdan ko‘rilgan zarar 560 milliard dollardan oshadi”.