Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari qachon imzolanadi?
10:29 / 2026-01-07

Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha AQSH-Yevropa hujjatlari yaqin kunlarda Vashingtonda imzolanishi mumkin, dedi Polsha bosh vaziri Donald Tusk.

Ma’lumki, seshanba kuni Parijda “xohlovchilar koalitsiyasi” deb nomlangan yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Yevropaning bir qancha nufuzli shaxslari ishtirok etdi.

– Parijdagi yig‘indan hech qanday qaror kutmasligimiz kerak, -dedi Tusk. – AQSH-Yevropa qo‘shma pozitsiyasini tasdiqlovchi hujjatlar imzolanishi yaqin kunlarda, ehtimol Vashingtonda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu masala hali ham ochiq qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: yaqinda Vladimir Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvidan so‘ng AQSH va Ukraina o‘rtasidagi xavfsizlik kafolatlari 100 foizga kelishilganini ta’kidlagandi.

S.Rahimov, O‘zA