Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina TIV: Kiyev va Moskva AQSH bilan alohida kelishuv imzolaydi
18:45 / 2026-01-28

Ukraina – Rossiya nizosini tugatishga qaratilgan muzokara yakunida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama shartnoma emas, balki har ikki davlatning AQSH bilan alohida-alohida kelishuvi imzolanishini rejalashtirilmoqda. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga “Yevropeyskaya pravda” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir muhokama qilinayotgan 20 banddan iborat asosiy hujjat Ukraina –AQSH va AQSH –Rossiya formatida tasdiqlanadi. Kiyev –Moskva bevosita kelishuvi masalasi kun tartibida yo‘q.

Yevropa jarayondan chetda qolmaydi

Ukraina TIV rahbari ta’kidlashicha, Yevropa davlatlari bu hujjatlarga imzo qo‘ymasa-da, xavfsizlik kafolati bo‘yicha muzokarada ishtirok etmoqda. Ayni payt ilk bor rasman“Xavfsizlik kafolati” atamasi qo‘llanyapti.Bu siyosiy jihatdan muhim o‘zgarish hisoblanadi. Sibiga AQSH harbiylari Ukraina hududiga tinchlikparvar kuch sifatida joylashtirilmasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Eng murakkab masala – hududlar va Zaporoje AES

Muloqot chog‘i hal qilinmagan ikki asosiy masala bor: hududlar taqdiri va Zaporoje atom elektr stansiyasining maqomi. Ukraina TIV rahbari aytishicha, mazkur muammoni hal etish uchun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashishga tayyor.

AQSH kafolatni Donbass bilan bog‘lamoqda

“Financial Times” nashri yozishicha, AQSH ma’muriyati Kiyevga xavfsizlik kafolati Ukraina Donbassning bir qismini Rossiya nazoratiga o‘tkazishga rozi bo‘lishiga bog‘liqligini ochiq aytgan. Ayrim manbalar Bu rozilik evaziga Amerikatomonidan Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam ham taklif qilingan. Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli esa ushbu ma’lumotni inkor etib, “Financial Times”ni muzokara jarayoniga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi asossiz axborot tarqatishda aybladi.

Kiyev rasmiylari esa ayni masalaga ochiq izoh berishdan tiyildi. Ba’zi ukrainalik amaldorlar fikricha, AQSH kafolat orqali Kiyevni murakkab siyosiy murosaga undashga harakat qilyapti.

Vashington uchun so‘nggi muddat – 15 may

Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenko urushni tugatish bo‘yicha kelishuv 15 mayga qadar imzolanishini kutilayotganiga e’tibor qaratgan. Ya’ni, bu sana Vashington uchun norasmiy chegara hisoblanadi. Agar shu muddatgacha natija bo‘lmasa, AQSH muzokaradan chiqib ketishi ham mumkin ekan.

Muzokara davom etadi

23-24 yanvar kunlari Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSH vakillari o‘rtasida ilk bor uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezident Vladimir Zelenskiy voqeani ijobiy baholab, delegatsiyalar 1 fevral kuni yana ko‘rishishini ma’lum qildi.

D.Hakimov, O‘zA