Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina tegrasidagi mojarolar ta’sirida ocharchilikda yashayotgan aholi soni oshib bormoqda
17:00 / 2022-06-19

Ukrainadagi jangovar harakatlar ta’sirida dunyodagi ocharchilikda yashayotgan aholi soni 18 millionga oshib, 218 million kishiga yetdi.

Bu haqda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Mauritsio Martin "Corriere della sera" nashriga bergan intervyusida qayd etib o‘tdi, deyiladi "REGNUM" xabarida.

Nashrda BMT rasmiy vakilining "Dunyoda och qolgan aholi soni 18 millionga ko‘paygan. Albatta, bu ko‘rsatgich Ukraina tegrasidagi mojaroning rivojlanishiga bog‘liqligi aniq", degan so‘zlari iqtibos qilib keltirilgan.

Mauritsio Martinning ta’kidlashicha, don yetkazib berish bilan bog‘liq vaziyat kambag‘al davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xavotirli bo‘lib qolmoqda.  Oziq-ovqat inqirozida bo‘lgan 55 mamlakatdan 36 tasida bug‘doy ta’minotining 10 foizi Rossiya va Ukrainaga bog‘liq bo‘lgan, deyiladi xabarda.