Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina prezidenti Rossiya bilan harbiy ziddiyatga borishni istamasligi bo‘yicha fikr bildirdi
10:36 / 2021-12-17

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan harbiy ziddiyatga borishni istamasligi va masalaning diplomatik yechimi tarafdori ekani bo‘yicha fikr bildirdi.

U NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan birgalikdagi brifingda: “Biz, har holda, diplomatik yechim borligiga ishonamiz”, deb ta’kidladi.

"TASS" xabariga ko‘ra, Zelenskiy Stoltenberg bilan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ehtimoliy harbiy ziddiyatni har tomonlama muhokama qilganini aytib, Ukraina armiyasi Rossiyanikidan miqdor jihatidan ancha ortda ekanini tan oldi.

Qolaversa, ehtimoliy to‘qnashuv sharoitida AQSH o‘z harbiylarini yubormasligi ma’lum bo‘lgach,  Kiyev dunyoning eng qudratli armiyalaridan biriga qarshi turishni istamaydi.