Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina prezidenti BBCga intervyu berdi (+video)
16:18 / 2026-02-23

VVS muxbiri Jeremi Bouen Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatlashdi. Intervyuda Zelenskiy Ukraina urushda yutqazmayotganini va aksincha, uni g‘alaba bilan yakunlashini aytgan. Muxbir shuningdek, Donbass, Xerson va Zaporoje viloyatlarining ayrim qismlarini Rossiyaga berish masalasida savol bergan.

Zelenskiy bunga javoban, buni faqat hudud bilan bog‘liq masalasi deb tushunmaslik kerak, balki u yerda yashab turgan yuz minglab odamlarni tashlab ketish degani, hamdir. Bu jamiyatni bo‘lishga olib keladi, degan u.  

Zelenskiyning fikricha, hozircha Putinga faqat tanaffus kerak. Yevropalik  hamkorlar Rossiya 3–5 yilda qayta tiklanishi mumkinligini aytmoqda, ammo Ukraina prezidentining fikricha, bu ikki yildan oshmaydi. Shundan keyin u yana urushni davom ettirishi mumkin.  

Kiyev markazidagi qo‘riqlanadigan hukumat binolaridan birida yozib olingan intervyu davomida Zelenskiy asosan ukrain tilida gapirgan. Rossiya avval ham unga qarshi suiqasd uyushtirishga uringani sababli xavfsizlik choralari har doimgidan kuchaytirilgan.  

Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina tezroq muzokara stoliga o‘tirishi kerakligini aytgan edi. Trampning fikricha, Ukraina tomoni hududiy masalada yon berishi kerak va buni  o‘t ochishni to‘xtatish uchun asosiy shart deb hisoblaydi.  

Ko‘plab tahlilchilar Ukraina bu urushda g‘alaba qozona olmaydi, deb aytishgan. Ammo, Zelenskiy bunday deb o‘ylamaydi. U g‘alaba deganda, odamlarning halok bo‘lishini to‘xtatish va oddiy hayotga qaytishni tushunishini aytgan.  

Zelenskiy bir yil avval Tramp va uning vitse-prezidenti Jey Di Vens bilan Oq uyda tortishib ketgan edi. Bu voqea butun dunyo OAV orqali namoyish etildi. Jurnalist shu voqealarga sha’ma qilib, Trampni ishonchli sherik deb hisoblaysizmi, degan savoliga u shunday javob bergan: gap faqat prezident haqida emas, balki xavfsizlik kafolatlari haqida ketmoqda, bu kafolatni esa AQSH Kongressi tasdiqlashi kerak, degan. Zelenskiy saylov o‘tkazilishi mumkinligini ham inkor etmadi, ammo avvalo buning uchun xavfsizlik kafolatlari kerakligini ta’kidladi. Millionlab ukrainlar chet elda, ayrim hududlar esa bosib olingan, bunday sharoitda adolatli saylov o‘tkazish juda qiyinligini aytgan.  

Zelenskiy G‘arbdan yanada ko‘proq va sifatliroq qurol so‘ramoqda. Jumladan, u AQSHning Patriot havo mudofaa tizimini litsenziya asosida Ukrainada ishlab chiqarishga ruxsat so‘ramoqda. Lekin, hozircha bunga javob olganicha yo‘q.  

Intervyu so‘ngida Zelenskiy urush qancha vaqt davom etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. U muddat haqida gapirmasdan, vaziyatni ko‘p yo‘nalishli “shaxmat o‘yini”ga qiyos qilib, asosiy maqsad - Putinni to‘xtatish ekanini aytdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ypGEZNJwdWE" title="Ukraina prezidenti BBCga intervyu berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA