French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina portlarida minalar bilan bog‘liq muammo yo‘qligi aytilmoqda
14:22 / 2022-08-09

G‘alla eksport qilishda Ukraina portlarida minalar bilan bog‘liq muammo yo‘q, dedi Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar. Anqaradagi elchilar bilan uchrashuvda Akar, “Minalar bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, ish muammosiz ketmoqda” dedi.

22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina donini, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan, Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.