Ukraina osmonida parvozsiz hudud tartibi joriy qilinadi
Ukraina radasi BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardan mamlakatning havo hududini parvozdan holi hudud deb e’lon qilishni so‘raydi.
Ukraina parlamenti bu borada tegishli qaror qabul qildi.
“Ukraina osmonida zudlik bilan parvozsiz hudud tartibi joriy qilinishi lozim. Bu tartib aholini, madaniy meros ob’ektlari va favqulodda muhim infratizimni muhofaza qiladi”, deb yozadi “Xalq xizmatkori” partiyasi rahbari Yelena Shulyak o‘zining Telegram-kanalida.