Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina Ombudsmanni yangi hududlar aholisini Rossiya pasportini olishga chaqirdi
11:30 / 2023-05-01

Oliy Radaning inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinets Rossiyaning yangi hududlari aholisiga Rossiya pasportini olishni maslahat berdi, deb xabar beradi “UNIAN”.

“Men sizga Rossiya pasportini olishingizni maslahat bergan bo‘lardim, lekin baribir o‘zingiz uchun omon qolish uchun qaror qabul qiling. Bu eng muhimi”, dedi Lubinets.

Ombudsmanning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina hukumati ukrainaliklar keyinchalik Rossiya fuqaroligidan voz kechishi mumkin bo‘lgan qonun tayyorlamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 30 sentyabr kuni Rossiya rahbari Donetsk va Lugansk xalq respublikalari, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarini mamlakat tarkibiga qabul qilish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladi. U davlat yangi hududlar xavfsizligini ta’minlashi va Ukraina qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan infratuzilmani tiklashiga ishontirdi. Ushbu sub’ektlarning aholisi, o‘z navbatida, Rossiya pasportlarini olishlari mumkin.