Bu haqda mamlakat milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Sergey Bubka “Insidethegames” sayti muxbiriga bergan intervyusida so‘z yuritgan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax bilan yaqinda Kiyevda o‘tkazgan muloqotida shu haqda gaplashgan.
XOQ rahbarining fikricha, “yuksak sport tuzulmasiga ega bo‘lgan har qanday mamlakat olimpiadani o‘tkazishga qodir”. Bubkaning aytishicha, Vladimir Zelenskiy yaqin kunlarda bir guruh Ukraina sport mutaxassislarini Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga kelgusidagi olimpiya o‘yinlaridan birini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralar olib borishga safarbar etadi.
Ukraina yoshlar va sport vaziri Vadim Xutsaytning fikricha, Ukraina 2030 yilgi qishki yoki 2032 yilgi yozgi olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga da’vogarlik qiladi. Ta’kidlash lozimki, Ukraina o‘tkazishni mo‘ljallayotgan olimpiya o‘yinlarini AQSH, Rossiya, Ispaniya kabi davlatlar ham “ko‘z ostiga” olganligi bo‘yicha axborotlar tarqalgandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA