Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina NATOni Qora dengizdagi ishtirokini kengaytirishga chaqirmoqda
09:08 / 2021-04-07

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning NATO a’zoligiga qabul qilinishi Donbassdagi ziddiyatga barham berishning birdan-bir yo‘li, deb hisoblaydi. Siyosatchi alyans rahbari Yens Stoltenberg bilan uchrashuvida shunday fikr bildirdi. Davlat rahbari NATOga a’zo bo‘lish uchun Harakatlar rejasini olgani o‘z mamlakati uchun “eng dolzarb masala” bo‘lganini aytgan.

“Islohotlarni olib borayapmiz, lekin faqat islohotlar bilangina Rossiyani to‘xtatib bo‘lmaydi”, dedi Zelenskiy. Ayni paytda Ukraina prezidenti NATOni Qora dengizdagi ishtirokini kengaytirishga chaqirdi.