Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina – NATO kengashi 26 iyulda yig‘iladi
12:43 / 2023-07-25

Ukraina – NATO kengashining Qora dengizda yuzaga kelgan vaziyatga bag‘ishlangan majlisi 26 iyulda doimiy vakillar darajasida bo‘lib o‘tadi, deya xabar tarqatdi Alyans matbuot xizmati rahbari Oana Lungesku.

Belgiyaning “RTBF” telekanali ta’kidlashicha, uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad so‘nggi voqealar bo‘yicha maslahatlashib olish hamda Ukraina bug‘doyini Qora dengiz orqali tashish masalasini muhokama qilish.  

Shanba kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni Qora dengiz va don yo‘lagi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish uchun Ukraina – NATO kengashi majlisini o‘tkazishga chaqirganini ma’lum qilgan edi. U shuningdek, Qora dengizda yuzaga kelgan vaziyat, don yo‘lagini ochish bo‘yicha harakat, Ukrainaning NATOga integratsiyalashuvi masalalari ham muhokama qilinganini aytgan.  

Don kelishuvi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini dengiz yo‘li bilan tashish 18 iyulda to‘xtatilgan. Rossiya mazkur kelishuv uzaytirilmasligi haqida Turkiya, Ukraina va BMTni xabardor qilgan.