Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina Moskvagacha yetib boradigan qurol olmoqchi
14:21 / 2025-10-13

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga "Tomahawk” rusumli uzoq masofaga uchadigan qanotli raketalar yuborish ehtimoli borligini bildirgan. Bu qaror Rossiya bilan urushda yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.

Tramp jurnalistlar bilan suhbatda, “Ko‘ramiz… ehtimol, shunday qilarmiz, dedi. Mazkur bayonot Prezident Vladimir Zelenskiy bilan o‘tgan hafta oxirida bo‘lib o‘tgan ikkinchi telefon suhbatidan so‘ng yangradi. Muloqot chog‘i Zelenskiy Vashingtondan Ukraina armiyasining havo himoyasi va uzoq masofali zarba tizimi imkoniyatini kuchaytirishni so‘ragan.

Ayni tashabbus amalga oshsa, 2 500 kilometrgacha yetib bora oladigan "Tomahawk" raketalari bilan Moskvaga zarba berish imkoni paydo bo‘ladi. Moskva esa bu holat “vaziyatni jiddiy keskinlashtirishi”, AQSH – RF munosabatini yanada yomonlashtirishi mumkinligini bildirdi.

Ukraina rahbariyati bir necha oydan buyon G‘arbdan uzoq masofaga mo‘ljallangan qurol so‘rab keladi. Kiyev ta’kidlashicha, Rossiya front ortidagi shaharlar bo‘ylab, xususan energetika infratuzilmasiga qarata kuchli raketa va dron hujumlarini uyushtirmoqda.

Trampning maxsus vakili Kit Kellog ham yaqinda “Fox news”ga bergan intervyusida Prezident Rossiya hududlariga zarba berish fikrini ma’qullaganini aytgan.

Moskva esa bu ehtimolni ahamiyatsiz, deya baholadi. Ya’ni, Kreml vakili Dmitriy Peskov shunday dedi:

– "Tomahawk" bo‘ladimi yoki boshqacha raketa — farqi yo‘q, urushning sur’ati o‘zgarmaydi.

Baribir, AQSH va Rossiya munosabatida yangi sinov davri keldi, deyish mumkin. Ukraina urushning to‘rtinchi yiliga kirar ekan, g‘arbning harbiy qo‘llab-quvvatloviga tobora ko‘proq muhtoj bo‘lyapti.

Musulmon Ziyo, O‘zA