Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina milliy taomi YUNESKO nomoddiy merosi ro‘yxatiga kiritildi
17:47 / 2022-07-04

Ukrain bekalari tayyorlaydigan milliy taom – borsh kuni kecha BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKO nomoddiy meros ro‘yxatiga kiritildi. Ushbu xabar tashkilot saytida e’lon qilingan.

1 iyulda bo‘lib o‘tgan nomoddiy madaniy merosni asrash bo‘yicha Hukumatlararo qo‘mitaning navbatdan tashqari majlisida borsh Ukraina milliy taomi sifatida tan olindi.

Mehmondo‘stlik belgisi, turli yoshdagi odamlarni dasturxon atrofida birlashtiradigan borsh Ukrainaning ko‘p viloyatlarida qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Masalan, nikoh to‘yidan uch kun o‘tgach, kelin qo‘lidan ushbu taomni tanovul qilish odat tusiga kirgan.

Borsh ukrain xalqining asosiy suyuq ovqati hisoblanadi.