Ukraina masalasi global oziq-ovqat inqiroziga sabab bo‘lishi mumkin
Rossiya va Ukrainadan bug‘doy chiqishi to‘xtasa, dunyoning qator mintaqalari oziq-ovqat bilan bog‘liq jiddiy tanqislikka uchrashi mumkin, deyiladi “The Guardian”da e’lon qilingan maqolada.
Ukraina ziddiyati tufayli 2008 yilgi global iqtisodiy tanazzulda kuzatilganidek, dunyo bo‘ylab oziq-ovqat qimmatlashadi. Rossiya va Ukrainadan ta’minot uzilishi vaziyatni mushkullashtiradi.
BMT Jahon oziq-ovqat tashkiloti bosh iqtisodchisi Orif Husaynning aytishicha, Rossiya-Ukraina ziddiyati turli tarmoqlarga zarba beradi.
“Bug‘doy va neft qimmatlashuvi 2008 yil qayd etilgan narx ko‘rsatkichiga yaqinlashmoqda”, dedi mutaxassis.