Bugungi XORIJ XABARLARI dasturida dunyoning turli nuqtalarida yuz berayotgan muhim voqealar jamlandi: Ukraina Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga nisbatan sanksiyalar joriy etdi, AQSHning Kolorado shtatida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, Peruda prezident lavozimidan chetlatildi, Eron yadro muzokaralarida yangi taklif bilan chiqdi, Avstraliya esa Suriyadagi ekstremistlarga aloqador fuqarolarni qaytarishdan bosh tortdi, Pokistonda terror hujumi yuz berdi hamda Qirg‘izistonda yangi haydovchilar uchun vaqtinchalik guvohnoma tizimi joriy etilmoqda.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/yBdSja_dyII?si=IQK0LFZe6002TeaZ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ukraina Lukashenkoga sanksiya qo‘lladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Belarus Rossiyaga harbiy texnika yetkazib berayotgani sabab Lukashenkoga qarshi moliyaviy va siyosiy cheklovlar joriy etilganini e’lon qildi.
Koloradoda ommaviy avariya: 4 kishi halok bo‘ldi
Koloradodagi Pueblo shahri yaqinida kuchli shamol sabab 30 dan ortiq avtomobil to‘qnashib, o‘nlab odamlar jarohat oldi.
Peruda prezident lavozimidan chetlatildi
Peru Kongressi korrupsiya mojarolari ortidan prezident Xose Xerini saylovlarga ikki oy qolganida ishdan oldi.
Eron uran boyitishni to‘xtatishga tayyor
Eron AQSH bilan muzokaralarda boyitilgan uran zaxiralarining bir qismini uchinchi davlatga topshirish va jarayonni vaqtincha to‘xtatishni taklif qildi.
Avstraliya ISHIDga aloqadorlarni qaytarmaydi
Bosh vazir Entoni Albaneze Suriyadagi ISHID bilan bog‘liq fuqarolar vataniga olib kelinmasligini qat’iy ma’lum qildi.
Pokistonda portlash: harbiylar qurbon bo‘ldi
Xayber-Paxtunxva viloyatida bomba portlashi oqibatida 11 xavfsizlik xodimi halok bo‘lib, jangarilar bilan to‘qnashuv yuz berdi.
Qirg‘izistonda yangi haydovchilar sinovda bo‘ladi
Prezident Sadir Japarov tashabbusi bilan haydovchilarga avval bir yillik vaqtinchalik guvohnoma beriladigan tizim joriy etilmoqda.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, O‘zA