Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va AQSH rahbari Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan telefon orqali “tinchlik rejasi”ni muhokama qilganini aytdi.
Shuningdek, Zelenskiy ijtimoiy tarmoq sahifasida Makron bilan Parijda uchrashgani haqida ham yozdi. Bir necha soat davom etgan mazkur muloqot chog‘ida u Rossiya va Ukraina urushini tugatish, mamlakati uchun xavfsizlik kafolati kabi masalalar muhokama qilinganini ta’kidladi.
– Dunyo chinakam ishonchli bo‘lishi kerak, urush imkon qadar tezroq tugashi kerak, – deb yozgan Ukraina rahbari.
Shuningdek, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov boshchiligidagi delegatsiya AQSH taklif qilgan urushni tugatish bo‘yicha “tinchlik rejasi”ni muhokama qilish uchun AQSHda ekanini ham eslatgan.
– Urush munosib yakunlanishi kerak, degan fikrga qo‘shilamiz, – deya fikrini davom ettirgan Zelenskiy. – Ukraina va Yevropada xavfsizlik kafolatini mustahkamlash, shuningdek barqarorligimiz uchun uzoq muddatli asos yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish muhim. Tafsilotlarni asosan o‘zaro tahlil qilishga kelishdik – jamoalar keyingi aloqalar jadvalini muvofiqlashtirib oladi.
G.Sattorova, O‘zA