French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina erkinligi Germaniya tashqi siyosatiga bog‘liq(mi)? (+video )
10:40 / 2025-07-02

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Kiyevga avvaldan e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda “Euronews” nashri. U o‘z nutqida Ukrainaning erkinligi Germaniya siyosatidagi “eng muhim vazifa” ekanini ma’lum qilgan.

Bilamizki, Germaniya Ukrainaning AQSHdan keyin ikkinchi yirik harbiy homiysi hisoblanadi. Ammo Qo‘shma Shtatlarning prezident Donald Tramp davrida yana Ukrainaga homiylik qilish masalasi so‘roq ostida qolmoqda.

Shu bois Vadefulning tashrifini Ukrainani bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlashga ishora, deyish mumkin. Uning Kiyevda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy va tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashuvi belgilangan.  

Vazir o‘z bayonotida Germaniya Ukrainaga bundan keyin ham o‘zini himoya qilishda zamonaviy havo hujumidan mudofaa va boshqa qurollar, shuningdek, gumanitar va iqtisodiy yordam bilan qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. 

Biroq rasmiy Berlin Zelenskiyning kuchli va uzoq masofaga uchuvchi “Taurus” raketalarini berish haqidagi iltimosini rad  etgan edi. Buning o‘rniga Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaga uzoq masofali raketa tizimlarini ishlab chiqishda yordam berishga va’da berdi. 

Yoxann Vadefulga Kiyev safarida Germaniya mudofaa sanoati vakillari hamrohlik qilishgan. U shuningdek, Rossiya – Ukraina munosabatlariga to‘xtalib “Putin muzokaralarni emas, balki Ukrainaning taslim bo‘lishni xohlaydi”, degan o‘z bayonotida. 

Xabaringiz bor, Rossiya o‘tgan hafta oxirida Ukrainaga o‘zining eng yirik havo hujumini uyushtirdi va bu jarayon tinchlik uchun qilinayotgan sa’y-harakatlarni barbod qildi, demoqda Ukraina rasmiylari. 

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pW9__-4UFKA?si=PZgNTO2-kzzMj1Fz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov, O‘zA