French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina endi AQSHdan gaz oladi
08:10 / 2025-11-09

Ukraina Gretsiya gaz terminali va Tik yo‘lak orqali Amerikaning suyultirilgan tabiiy gazi (LNG)ni qabul qilish bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvni imzoladi.

Tegishli memorandum "Naftogaz" guruhi va Yunonistonning “Atlantic-See LNG Trade S.A” kompaniyasi o‘rtasida Transatlantik energetika hamkorligi bo‘yicha vazirlar uchrashuvi davomida imzolandi.

Ukraina energetika vaziri Grinchukning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv 2050 yilgacha amal qiladi. Ushbu hamkorlik samarasi o‘laroq, Amerika Ukrainaga barqaror ravishda suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib beradi, Ukraina infratuzilmasini Yevropa logistika yo‘nalishiga integratsiya qiladi.

S.Rahimov, O‘zA