Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina 2027 yilda YeI a’zoligiga umid qilmoqda (+video)
19:11 / 2026-01-28

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qo‘shilish jarayonini tezlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich integratsiya g‘oyasini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Euronews nashri ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatining 2027 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishidan umid qilayotganini bildirdi. Avstriya kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashuvdan so‘ng u YeIga a’zo bo‘lish urushdan keyingi davrda asosiy xavfsizlik kafolatlaridan biri bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Ikki kun avval Vilnyusda o‘tgan matbuot anjumanida Zelenskiy Ukraina 2027 yilgacha Yevropa Ittifoqiga kirish uchun texnik jihatdan tayyor bo‘lishini aytgan edi. Ukraina 2022 yilda, Rossiya bilan urush boshlanganidan so‘ng, nomzod maqomini olib, a’zolik bo‘yicha rasmiy muzokaralar  esa 2024 yilda boshlangan edi.

Biroq Vengriya Ukrainaning YeIga qo‘shilishi xavfsizlikka tahdid solishi va iqtisodiy xatarlar keltirib chiqarishini iddao qilmoqda. Ittifoqqa a’zo bo‘lish uchun esa barcha a’zolarning roziligi kerak. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/8VhJhsvbdSw" title="Ukraina 2027 yilda YEI a’zoligiga umid qilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA