Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ukraina 2024-yil uchun harbiy reja ishlab chiqilganini ma’lum qildi
12:45 / 2024-02-26

Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov hukumat joriy yil uchun harbiy reja ishlab chiqqanini bildirdi. Hujjat tafsiloti keltirmagan.

– Harakatlarimiz haqida natijadan xulosa chiqarish mumkin, burilish yasash uchun bor imkoniyatni ishga solamiz, – dedi Umerov milliy telemarafonda efirga chiqib. – 2024-yil rejasi allaqachon tayyorlangan, bu haqda oshkora gapirmaymiz. Reja kuchli, keng ko‘lamli. Nafaqat umidbaxsh, balki 2024-yil natija beradigan darajada. Maqsadga erishish uchun xavfsizlik va mudofaa kuchlari bilan ishlayapmiz.

Uning ta’kidlashicha, Mudofaa vazirligi boshqa muassasalar bilan birga istehkom qurilishini muvofiqlashtirmoqda. Qo‘shinlar uchun yangi o‘t ochish obyektlari barpo etilgan.

Prezident Zelenskiy ham yaqinda “Fox News” telekanaliga intervyu berib, Kiyev yangi qarshi hujum tayyorlashini aytan edi.