Ukrain dronlari rus tankerlarini shikastladi
Ukrainaning “Sea Baby” dengiz dronlari Qora dengizda RFning ikkita sanksiyalangan neft tankeri – “KAIRO” va “VIRAT”ga zarba berdi.
Ayrim manbalar bu Ukraina 13-harbiy kontrrazvedka bosh boshqarmasi va dengiz floti kuchlari o‘rtasidagi qo‘shma amaliyot ekanligini yozmoqda.
Videoda ikki tanker ham zarbalardan so‘ng jiddiy shikastlangani va amalda ishdan chiqarilgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, xabarda sanksiyalangan kemalar hujum paytida bo‘sh bo‘lgani - ular Novorossiysk portiga ketayotgani ta’kidlangan.
S.Rahimov, O‘zA