French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uitkoff va Kushner Putin bilan uchrashadi
18:17 / 2026-01-21

AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff hamda Donald Trampning kuyovi Jared Kushner ertaga Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. “Reuters” yozishicha, Uitkoff CNBC telekanaliga bergan intervyusida shu haqda ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Rossiya tomoni tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.

– Biz payshanba kuni Putin bilan muloqot qilamiz, – degan AQSH vakili. – Uchrashuvni RF tomoni so‘radi. O‘ylaymanki, ular muhim bayonot beradi.

Maxsus vakil Moskvaga yo‘l olishidan oldin, 21 yanvar kuni Ukraina tomoni bilan ham uchrashuv o‘tkazishini bildirgan.

Mazkur ma’lumotni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqladi. U RBK nashri muxbiriga mavzuni izohlarkan, yetakchining ish jadvalida mazkur uchrashuv rejalashtirilganini aytgan.

D.Hakimov, O‘zA