Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uitaker: Xitoy Rossiya - Ukraina urushini birgina qo‘ng‘iroq bilan to‘xtata oladi
12:38 / 2026-02-16

AQSHning NATOdagi elchisi Mettyu Uitaker Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotini qat’iy qo‘llab-quvvatlayotgani, Pekin Moskvaga bir “telefon qo‘ng‘irog‘i” bilan urushni to‘xtata olishini aytdi.

Mulozim XXR RFga ikki maqsadda foydalansa bo‘ladigan texnologiya sotish, shuningdek Rossiya nefti va gazi xaridini to‘xtatishi mumkinligini ham ta’kidlagan. Bu rus iqtisodiyotini sezilarli darajada zaiflashtiradi va xalqaro bosimni muvozanatga keltiradi.

"Blumberg" ma’lumotiga ko‘ra,  Xitoy va Rossiya hamkorligi keng ko‘lamli urush boshlangandan keyin yanada  kuchaydi, XXR sanksiyaga qaramay, RF neftining eng yirik xaridoriga aylandi. 2024-yil yanvar oyida Pekin kuniga 1,65 million barrel neft import qildi. Shu tariqa Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan beri ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi. Bundan tashqari, Pekin Moskvaga harbiy texnologiya, jumladan Ukrainaga qarshi zarbada ishlatiladigan dron bilan yordam berishda davom etyapti. Mojaroni hal qilishda muhim o‘rin egallashga tayyorligini e’lon qilganiga qaramay, Xitoy amalda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Bu urush tugashini qiyinlashtirmoqda.

S.Rahimov, O‘zA