Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
UI GreenMetric 2025: O‘zbekiston oliygohlari dunyoning TOP-1000 taligida
18:39 / 2025-12-08

Joriy yilda UI GreenMetric 2025 natijalari dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarining barqaror rivojlanish tamoyillariga qay darajada amal qilayotganini yana bir bor namoyon etdi. Mazkur reyting bugun ekologik siyosat, resurslardan samarali foydalanish, “yashil” infratuzilma va ekologik ongni targ‘ib etish borasida eng ishonchli va nufuzli mezonlardan biri hisoblanadi.

Bu yilgi baholash jarayonida 105 davlatdan 1 ming 745 ta universitet ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston ta’lim muassasalari o‘zining faol va sezilarli ishtiroki bilan e’tiborni tortdi.

TOP-1000 talikdagi o‘rinlar sonining sezilarli oshishi ekologik boshqaruv, energiya samaradorligi, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini boshqarish, “yashil” infratuzilma kabi sohalarda real natijalarga erishilayotganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston oliygohlarida so‘nggi yillarda “yashil kampus” tamoyillari keng joriy qilina boshladi. Bu jarayon faqatgina ekologik loyihalar bilan cheklanmay, universitetlarning kundalik boshqaruv tizimini ham o‘zgartirmoqda.  

UI GreenMetric reytingi nafaqat universitetlarning ekologik faoliyatini baholaydi, balki ularning xalqaro maydondagi ko‘rinishi, hamkorliklar imkoniyatini kuchaytiradi.  

UI GreenMetric 2025 reytingidagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi endi ekologik barqarorlikni qo‘shimcha vazifa sifatida emas, balki strategik ustuvor yo‘nalish sifatida qabul qilmoqda.  

38 ta oliygohning TOP-1000 talikdan joy olishi bu borada yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi bo‘lib, har bir universitetning ekologik mas’uliyatga tayangan faoliyati xalqaro miqyosda munosib e’tirof etilmoqda.

Kelgusi yillarda oliygohlar o‘rtasida ushbu reyting bo‘yicha raqobat yanada kuchayishi, kampuslarning yanada yashillashuvi va o‘quv jarayoni ekologik tamoyillarga integratsiyasi chuqurlashishi kutilmoqda.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA