Ugom daryosida Parij-2024 oldidan sinov musobaqalari o‘tkazilmoqda
Toshkent viloyatidagi Ugom daryosida slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va nazorat-sinov musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘tkazilgan musobaqalar yakunida o‘z yo‘nalishida Alibek Temirgaliyev va Jonibek Temirgaliyev g‘olib chiqqan bo‘lsa, Anvar Klevleyev, Abubakr Bukanov, Barkamol Mirzahamdamov va Shahobiddin Boltaboyev sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Nazorat-sinov bahslari Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma hamda zarur ochkolarni taqdim etadigan jahon va qit’a chempionati, Osiyo o‘yinlari, jahon kubogi bosqichlarida qatnashadigan tarkibni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston chempionati va nazorat-sinov musobaqalari 23 aprelgacha davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA