Ugandada fojiali yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi
Bugun ertalab Ugandadagi yirik trassada ikki avtobus to‘qnashib ketdi, natijada 63 kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda “Arab News” nashri.
Mahalliy politsiya bayonotiga ko‘ra, baxtsiz hodisa Kampala-Gulu shossesida sodir bo‘lgan.

Haydovchilardan biri to‘qnashuvning oldini olish uchun avtobusni yon tomonga burgan, biroq buning o‘rniga “zanjirli reaksiya” yuzaga kelgan, natijada kamida to‘rtta boshqa avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketdi, deyiladi xabarda.
Yaradorlar Kiryandongo kasalxonasi va boshqa yaqin atrofdagi sog‘liqni saqlash muassasalariga yetkazilgan, ammo qurbonlar soni va ularning jarohatlari darajasi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
M.Pirmatova, O‘zA