Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uganda chegara hududida Ebolaga qarshi emlashni kuchaytirmoqda
13:11 / 2018-11-13

Uganda Kongo Demokratik Respublikasiga qarashli beshta tumanda Ebola virusiga qarshi emlashni amalga oshirmoqda.

Uganda Kongo Demokratik Respublikasiga qarashli beshta tumanda Ebola virusiga qarshi emlashni amalga oshirmoqda. Ular Kabarole, Bunyangabo, Kaseys, Ntoroko va Bundibugyo tumanlaridan iborat boʻlib, ushbu hududlarda Ebola virusi tarqalishi xavfi juda yuqori hisoblanadi.

Uganda sogʻliqni saqlash vazirligining hisob-kitoblariga koʻra, har haftada Uganda va Kongo Demokratik Respublikasi chegaralari orqali 20 mingdan ortiq odam oʻtadi. Bu esa virusni tez tarqalishiga olib kelishi mumkin.

Ugandada hali Ebola virusiga chalinganlar qayd etilmagan. Ammo hukumat 1 avgustdan boshlab qoʻshni Kongo Demokratik Respublikasida 198 kishini halok boʻlishiga olib kelgan virusni nazorat qilish boʻyicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirgan.