French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ufadan Toshkentga charter qatnov amalga oshiriladi
13:12 / 2020-11-12

2020 yil 22 noyabrda Ufadan Toshkentga charter qatnov amalga oshiriladi.

Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan O‘zbekistonga havo qatnoviga O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani (qatnov jo‘nashidan oldin kamida 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi.  

PZR ma’lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilar parvozga qo‘yilmaydi.

Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, «Uzbekistan airways» AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki yo‘lovchilaring o‘zlarining mintaqasidagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin, deb xabar beradi «Uzbekistan airways» aviakompaniyasi matbuot xizmati.