Poytaxtimizdagi Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy apparati bilan hamkorlikda harbiy orkestr jo‘rligida musiqiy tadbir tashkil etildi.
Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari hamda Buyuk Britaniya Uels malikasi Qirollik polki Harbiy orkestrining bosh dirijyori podpolkovnik Ueyn Xopla va uning jamoasi hamkorligida “Ohanglar sadosi” nomli konsert dasturi namoyish etildi. Dastavval o‘quvchilar uchun ijodiy mahorat darsi tashkil etildi.
Litseyning ijodkor o‘quvchilari qisqa muddatda konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rdi.
Dirijyorlar harbiy musiqa akademik litsey o‘qituvchisi Abror Nozimov va Buyuk Britaniya Uels malikasi Qirollik polki orkestrining bosh dirijyori podpolkovnik Ueyn Xopla boshchiligida xorij va milliy musiqalarimizni o‘quvchilar mohirona ijro etdi.
Ushbu madaniy tadbirga tizim harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va hududdagi mahalla yoshlari taklif etildi. Ijro etilgan qiziqarli musiqiy chiqishlar tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi va ularning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
— O‘zbekistonga uchinchi bor kelishim. Ikki mamlakat harbiy orkestrlari o‘rtasidagi hamkorlik yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Bu yilgi tashrifimizning o‘ziga xos jihati shundaki, biz yosh musiqachi o‘quvchilarga mahorat darslarini o‘tib, ular bilan konsert dasturini tashkillashtirdik. Albatta, juda qiziq jarayon bo‘ldi. Chunki musiqachilar uchun til muhim emas, ularni musiqa tili birlashtiradi, — dedi Ueyn Xopla.
Mehmonlarning ijodiy tashrifi yosh orkestr jamoasi uchun katta mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, mazkur uchrashuv yetishib chiqayotgan yosh musiqachilarga amaliy tajriba almashish imkonini berdi.
<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/umhG9eDCjM4" title="Ueyn Xopla: Musiqachilar uchun til muhim emas, ularni musiqa tili birlashtiradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova,
O‘zA