Udumga aylangan ezgu amallar
Xalqimizda “Biror yurtning obodligini ko‘rmoqchi bo‘lsang, bozorini, xalqining ma’naviyatini, diyonatini bilmoqchi bo‘lsang, mozorini ko‘r”, degan naql bor. Zero, xalqimizda azaldan ziyoratgoh joylar, muqaddas maskanlar, qabristonlarni obod tutishdek, ezgu udum bor.
Ushbu udumga amal qilib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati Sherobod tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda ijodiy targ‘ibotchilar hamkorligida “G‘urjak-1” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan “G‘ambur ota-1” qabristonida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
[gallery-11748]
Hashar davomida yo‘laklar atrofi, bo‘sh joylarga mavsumiy manzarali gul ko‘chatlari o‘tqazildi. Qabr toshlari artilib, chang-g‘uborlardan tozalandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA