“Uddaburonlar” qo‘lga tushdi
Buxoro viloyatida 14 kishi noqonuniy daromad orttirish maqsadida uyida “Ai-80” markali benzin sotayotgani aniqlandi. Ulardan jami 1270 litr benzin ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Aniqlanishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri