Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchuvchisiz uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi
14:23 / 2023-07-12

“Navoiy aeroporti” chegara bojxona postida TK-6490-sonli aviareysda 235-04654182-sonli avia yuk xati bilan “Express Max US” MCHJ nomiga olib kelingan xalqaro kurerlik jo‘natmalari orasida 3008-raqamli invoys asosida fuqaro Sh.S. nomiga kelayotgan yuklar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada jo‘natmalar orasiga yashirilgan tegishli ruxsatnomasiz bir dona Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “F55 smart drone” rusumli “Piranha” nomli uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlangan.  

O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi “O‘zaviatsiya” agentligining xatida fuqaro Sh.S. nomiga olib kelingan ushbu bir dona Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan “F55 smart dronye” rusumli “Piranha” yozuvli uchuvchisiz uchish apparati texnik jihatdan yaroqli ekanligi, uchish vazni 132 grammni tashkil qilishiga qaramasdan, foto va videokamerasi bo‘lganligi sababli uchuvchisiz uchish apparatlari turiga kirishi hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan mamlakat hududiga olib kirish, saqlash, olib chiqish, sotish va undan foydalanish ta’qiqlanganligi ma’lum qilingan.  

Mazkur holatda O‘zbekiston fuqarosi Sh.S.ning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 244-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonunga xilof ravishda olib kirish jinoyati alomatlari mavjud. Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabarida  

A.Bo‘riyev, O‘zA