Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchtepalik polvonlar prokuror sovrini uchun kurashdi
10:57 / 2021-01-13

Toshkent shahridagi “Jurjoniy” sport majmuasida 13-15 yoshli o‘smirlar va 15-17 yoshli qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha Uchtepa tumani prokurori sovrini uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan musobaqada o‘smirlar 42, 46, 50, 55, +55 kilogram, qizlar esa 57, 63, 70 kilogrammgacha vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

70 dan ziyod polvonlar ishtirok etgan musobaqada Oybek Ahmedov, Ibrohim Qarshiyev, Samariddin Qo‘chqorov, Farrux Hamdamov, Shohjahon Nuraliyev, Nozigul Xolmirzayeva, Elina Halilova, Madina Abdumalikova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA