Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchtepada oldindan tayyorlanmagan ko‘chalarga kirdim, ahvol qoniqarli emas, – Prezident
18:38 / 2022-12-13

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Uchtepa tumani faollari bilan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlat rahbari, bugungi kundagi vaziyatni televizorda ko‘rgan boshqa, ijtimoiy tarmoqlar orqali ko‘rgan boshqa, jonli ko‘rgan boshqaligini aytdi.

–Men bugun sizlar bilan kelgusida qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarni gaplashib olaman. Uchtepada oldindan tayyorlangan ko‘chalarga emas, boshqa ko‘chalarga kirdim, ahvol qoniqarli emas.  

Mening to‘rtta vakilim oylik olyapti, ular uyalmaydimi bu holatni ko‘rib? Men sizlardan so‘rab ko‘chalarga kirmayman. Barcha joyda ahvol yaxshi bo‘lishi kerak. Ko‘p qavatli uylarning oldida qor kuralmagan, natijada muz bo‘lib qolgan, – deydi Prezident.