Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchtepa tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ishga tushirildi
13:01 / 2021-12-30

Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazining yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

Bino qurilishida, zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berildi. Murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 160 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi.

Ushbu Markaz tumandagi 280 mingga yaqin aholiga xizmat ko‘rsatish bilan birga, eksterritorial tamoyili asosida Toshkent shahri va respublikamizning barcha xududlaridan tashrif buyurgan fuqarolarga ham xizmat ko‘rsatadi.

Markazda elektron navbat tizimi bilan integratsiya qilingan maxsus platforma mavjud bo‘lib, uning yordamida mijozlar xizmat ko‘rsatish jarayoni va xizmat ko‘rsatgan xodimni baholash imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa fuqarolar bilan qayta aloqaning muhim usullaridan biri sifatida murojaatchilar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga  yordam beradi.

Yangi Markazda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmati tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, ushbu davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari orqali ham ko‘rsatiladi.

Tashrif buyuruvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, davlat xizmatlaridan foydalanishda NFC qurilmasi ishga tushirildi. Uning yordamida ID kartadagi fuqaroning shaxsi aniqlanadi va tizimda arizachining ma’lumotlari avtomat tarzda to‘ldiriladi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan, turli sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lib qolgan murojaatchilarga barcha sharoitlarni yaratish maqsadida nogironlik aravachasi orqali binoga kirish imkonini beruvchi pandus hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun alohida xona, shuningdek, “surdo-online” xizmatlari mavjud.

Hozirda Toshkent shahrida 12 ta Davlat xizmatlari markazi mavjud bo‘lib, ularning beshtasi zamonaviy jihozlangan binolarga ega.

O‘zA