O‘tgan yillar davomida Xalq qabulxonalari aholi vakillarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan Xalq va davlat o‘rtasidagi chinakam ko‘prik sifatida xizmat qilib, ko‘plab masalalar imkon qadar o‘z yechimini topdi. Bu borada esa mahalliy hokimliklar zimmasiga mas’uliyat yuklanishi hech kimga sir emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 10 maydagi Uchtepa tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida har bir mutasaddilarga ko‘plab vazifalarni amalda rivojlantirishni ta’kidlagan edi.
O‘tgan davrda tumanda samarali ishlar amalga oshirildi. Misol uchun, Uchtepa tumanidagi 238-umumta’lim maktabi binosida to‘liq rekonstruksiya qilinib, yana 10 ta ta’mirtalab maktab binosi zamonaviy ko‘rinish oldi. Eski tramvay yo‘li bo‘lgan Lutfiy ko‘chasida kechalari qorong‘i bo‘lib, yurish noqulay edi.
Shu bois ko‘cha ta’mirlanib, yashil hudud negizida zamonaviy sayilgoh barpo etildi.
Qayd etish joizki, Uchtepa tuman investitsiya dasturi doirasida 2020-2022 yillarda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida umumiy qiymati 450 million dollar bo‘lgan 100ga yaqin loyihani ishga tushirish va yetti mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
2020 yil yakuniga qadar mazkur dastur doirasida 91 ta loyiha ishga tushirildi. Joriy yilning yakuni holatiga umumiy hisobda 226,9 million dollar shundan 67,3 million dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi.
Ishga tushirilgan loyihalar bo‘yicha, amalda umumiy qiymati 242,9 milliard so‘m, shundan 8,0 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘lgan 12 ta xizmat ko‘rsatish va 9 ishlab chiqarish korxonasi faoliyat boshladi. Natijada 624 ta yangi ish o‘rni yaratildi. «NOVEL PROJECT» MCHJning umumiy qiymati 19,8 milliard so‘m bo‘lgan «Gofra qutilarini ishlab chiqarish» loyihasi va «RAVSHANJON-UNIPROM» MCHJning qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan «Savdo va xizmat ko‘rsatish» loyihalarini misol bo‘la oladi.
Tumanda eksport bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Dasturga kiritilgan 41 ta korxona yil davomida 33 million 975 ming dollar miqdorida mahsulot eksport qilishni rejalashtirgan bo‘lib, ko‘rsatgich 2019 yilning rejasida ko‘zda tutilgan 19 million 510 ming dollarga nisbatan 174 foizga yoki 14 million 465 ming dollarga ortiq bo‘lishi kutilmoqda.
Eksport qilingan mahsulotlarning 37 million 525 ming dollari sanoat va ishlab chiqarish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, qolgan 1 million 108 ming dollar meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan faoliyat yurituvchi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ishsizlar sonini kamaytirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari ham e’tibordan chetda qolmadi. 1 300 dan ziyod nafar fuqaro ishga joylashtirildi. 20 dan ortiq yoshlarga Mehnat vazirligi tasarrufidagi mono-markazda kasb egallash uchun o‘quv kurslariga bepul yo‘llanma berildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, tumanda xotin-qizlar masalasi eng muhim masalalardan hisoblanadi. Jumladan, 56 nafar tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirildi va besh nafariga tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonalarda davolanishi uchun order, 23 nafariga davolanish uchun yo‘llanma ajratildi, 4 nafari «Nuroniy» sihatgohida davolandi.
24 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kunduzgi shifoxonada muolaja qilindi.
Xotin-qizlarga oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikka jalb etish bo‘yicha 175 nafar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazilib, 134 nafar tadbirkorlik istagidagi xotin-qizlarga tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashildi.
O‘zA