Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchta viloyatda 16 nafar bemor tuzalib, sogʻayganlar 3475 nafarga yetdi
13:20 / 2020-06-10

Buxoro viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar va Namangan viloyatida 3 nafar, jami 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.


Buxoro viloyatida 7 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar va Namangan viloyatida 3 nafar, jami 16 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shu tariqa Buxoroda jami kasallik qayd etilganlar soni 466 nafar boʻlib, endilikda shundan 457 nafari tuzaldi. Ayni paytda viloyatda davolanayotganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda

Samarqandda jami kasallik aniqlanganlar soni 381 nafar boʻlib, endilikda shundan 327 nafari sogʻaydi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 52 nafar bemor davolanmoqda.

Namanganda esa shu paytgacha 270 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda shifo topganlarning soni 254 nafarga yetdi. Shu kunlarda namanganlik shifokorlar yana 12 nafar infeksiyaga chalingan bemor hayoti uchun kurashmoqda.

Shunday qilib, hozirda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻaygan bemorlar soni 3475 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.