Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchta mamlakat Rossiya kompaniyalariga o‘z havo kengliklarida parvozlar yopilgani haqida ma’lum qildi
14:52 / 2022-02-26

Bolgariya, Polsha va Chexiya Rossiya aviakompaniyalariga o‘z havo kengliklarini yopgani haqda ma’lum qildi.

Bu haqda RIA Novostiga Rossiya aviakompaniyalarining biriga yaqin bo‘lgan manba ma’lum qilgani aytilmoqda.

"Bolgariya, Polsha va Chexiya havo kengliklarini parvoz uchun yopgani haqida NOTA jo‘natib ma’lum qildi", - deyiladi manba yetkazgan ma’lumotda.

Bolgariya, Chexiya va Polsha bundan avvalroq RF ning Ukrainani qurolsizlantirish uchun maxsus harbiy amaliyotlar boshlagani munosabati bilan 26 fevraldan Rossiya samolyotlari uchun o‘zlarining havo kengliklarini yopishini ma’lum qilgan edi.