Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uchta gidroelektr stansiyasi qurilishi uchun tender eʼlon qilindi
12:37 / 2020-06-05

Mazkur uchta gidroelektr stansiyaning qurilishi Oʻzbekistondagi barqaror gidroenergetika loyihasining bir qismi hisoblanadi.


Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati Qashqadaryo viloyatining Oksu daryosida uchta gidroelektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish uchun xalqaro tender eʼlon qildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Mazkur uchta gidroelektr stansiyaning qurilishi Oʻzbekistondagi barqaror gidroenergetika loyihasining bir qismi hisoblanadi. U xalqaro moliyaviy institutlar, xususan, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirilayotgan gidroenergetika loyihasining bir qismidir.

Oʻzbekiston milliy energetika strategiyasiga koʻra, 2030-yilga borib, elektr energiyasining toʻrtdan biri qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqariladi. Strategiya oʻn yil ichida 30 GVt gacha qoʻshimcha energiya quvvatlari, shu jumladan 3,8 GVt gidroenergetika, 5 GVt quyosh energiyasini va 3 GVt gacha shamol energiyasini kengaytirish koʻzda tutiladi. Ushbu rejalar Oʻzbekistonning mintaqaviy va xalqaro energiya bozorlaridagi ortib borayotgan roli bilan bogʻliq.

Taʼkidlash kerakki, 2019-yil oktyabr oyida OTB Oʻzbekistonda umumiy ishlab chiqarish quvvati 25 MVt boʻlgan gidroelektr stansiyalarni qurish uchun 60 million dollar miqdorida mablagʻ ajratishni maʼqulladi. Loyihaning umumiy qiymati 75,3 million dollarni tashkil etadi, qurilishni 2023-yil oxirida yakunlash rejalashtirilgan.

Ushbu uchta gidroelektr stansiyasining umumiy quvvati 24 MVtga teng boʻladi: 6 MVt – “Rabot”, 8 MVt – “Chappasuy” va 10 MVt – “Tamsush” hamrohlik qiladigan elektr uzatish tarmogʻi (35-110 kV va 22 km) va umumiy quvvati 1 MVt mini-gidroagregatlar.

Ochiq tanlov savdolari (Xalqaro eʼlon) OTBning “Bir bosqich: ikki konvertli” tender savdosiga muvofiq oʻtkaziladi va tender hujjatlarida koʻrsatilganidek, tanlov huquqiga ega boʻlgan mamlakatlarning barcha savdo ishtirokchilari uchun ochiq.

Maʼlumot oʻrnida, “Oʻzbekgidroenergo” AJ 2017-yil may oyida tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekistondagi gidroelektr stansiyalarning ishlashi uchun masʼul hisoblanadi. Hozirgi kunda “Oʻzbekgidroenergo” AJ oʻrnatilgan quvvati 1,853 MVtga ega 37 ta elektr stansiyalarini oʻz ichiga oladi.